Yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilindi

CC0 / pixabay / Klyuchi ot avtomobilya. Illyustrativnoe foto
Klyuchi ot avtomobilya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-yil 1-oktabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yil 1-oktabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab qo‘yilgan.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mashinadan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olishni bekor qilish taklif etildi

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.

Farmon bilan kelayotgan yilning 1-yanvaridan e’tiboran qurilishi tugallanmagan uy-joylarni sotishda hokimliklarning ruxsati, vasiylikdagi shaxs nomidan turar joyni ijaraga (arendaga) berishda vasiylik va homiylik organining roziligi talab etilmaydi.

Bir qator notarial harakatlarni majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda.

“Xususan, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi”, - deyiladi farmon matnida.

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, birlamchi bozorda mol-mulkni lizingga berish va garov (ipoteka) shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0