Odamsifat “Fodor” roboti boshqa kosmosga uchmaydi: hozir yangi robot tayyorlanmoqda

© Foto predostavleno orgkomitetom konferensii "RoboSektor"Robot Fedor. Arxivnoe foto
Robot Fedor. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Fodor” roboti boshqa kosmosga uchmaydi. Uning o‘rniga boshqa yangi robot tayyorlanmoqda.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Yaqinda XKSda bo‘lgan “Fodor” roboti boshqa kosmosga uchmaydi. Bu haqda RIA Novostiga “Androidnaya texnika” direktori Yevgeniy Dudorov ma’lum qildi.

“U yerda boshqa qiladigan ishi qolmadi, u o‘z vazifasini bajardi. Yening o‘rniga ochiq fazoga boshqa robot uchadi. Uning tayyorlash ishlari boshlandi”, - dedi u.

Dudorovning so‘zlariga ko‘ra, “Fodor” bu vazifaga nima uchun to‘g‘ri kelmadi: uning oyog‘i bor, ular esa ochiq kosmosda kerak emas.

Yangi android “Aleksey Leonov” ochiq fazoga chiqqan robot bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 22-avgust kuni Rossiya ilk bor odamsifat “Fodor” nomli robotni “Soyuz MS-14” raketasida fazoga uchirgandi. Besh sutkadan so‘ng kema XKSga ulandi. U yerda Aleksey Ovchinin va Aleksandr Skvorsov tadqiqot o‘tkazishdi. Shanba kuni “Fodor” Yerga qaytdi.  

Yangiliklar lentasi
0