Toshkentdagi "Oʻzekspomarkaz" MKKda 11 sentyabrdan boshlab UzTextile Expo 2019 - xalqaro toʻqimachilik koʻrgazmasi ish boshladi. Bu yilgi koʻrgazma koʻlami juda katta boʻlib, ekspozitsiyalar "Oʻzekspomarkaz"ning toʻrtta pavilonlarini egalladi.
Xalqaro darajadagi tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlari va jahon toʻqimachilik sanoati yetakchilarining yigirildan ipdan tortib, tayyor kiyim-kechak va aksessuarlargacha boʻlgan barcha texnologik yutuqlari va innovatsiyalarini namoyish qiladi. Koʻrgazmada Germaniya, Xitoy, Latviya, Belarus, Rossiya, Slovakiya, Tojikiston, Turkiya va Ukraina davlatlarining 160dan ortiq kompaniyalari qatnashmoqda.
Ishtirokchilarning umumiy sonining 60 foizidan ortigʻini mulkchilikning turli shakli, faoliyatning koʻlami va turidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tashkil etgan.









