O‘zbekiston oliy bo‘g‘in ofitser kadrlarni AQSh bilan birga tayyorlamoqchi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSovmestnie voyennie ucheniya Uzbekistana i Tadjikistana
Sovmestnie voyennie ucheniya Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar keng ko‘lamli masalalar va  AQSh Milliy mudofaa universiteti hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashganlar

TOShKENT, 11 sen - Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegatsiya AQShga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

SPUTNIK_antiterroristicheskie  ucheniya Kollektivnix sil ODKB v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
NATO harbiylarining tushiga ham kirmagan - "Markaz-2019" aksilterror mashg‘ulotlari haqida

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif doirasida 9-sentabr kuni general-mayor Azizbek Ikramov AQSh Milliy mudofaa universiteti prezidenti, vitse-admiral Fris Rugge bilan uchrashgan.  O‘zaro muloqot mobaynida oliy bo‘g‘in ofitser kadrlarini tayyorlash, shuningdek, harbiy tadqiqotlar o‘tkazish borasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.

Tomonlar keng ko‘lamli masalalar va  AQSh Milliy mudofaa universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashganlar.

Delegatsiyasi vakillari Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo Strategik tadqiqotlar markazi (NESA) direktori, iste’fodagi general-leytenant Tomas Vulf bilan uchrashgan. Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik sohasida tadqiqotlar o‘tkazish masalalari bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklari ta’kidlab o‘tishgan.

10 sentabr kuni Missisipi shtatidan AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli, shuningdek, AQSh Mudofaa vazirligi vakili Amer Latif bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan. O‘zaro muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashgan.

Delegatsiya a’zolari 11-13 sentabr kunlari Pensilvaniya shtatining Karlayl shahrida joylashgan AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlari Harbiy kollejiga tashrif buyuradi.

Yangiliklar lentasi
0