Sport

Bokschi Elnur Abduraimov Yekaterinburgdagi JChda ilk gʻalabani qoʻlga kiritdi

© Federatsiya boksa UzbekistanaBokser Elnur Abduraimov na CHM v Yekaterinburge
Bokser Elnur Abduraimov na CHM v Yekaterinburge - Sputnik Oʻzbekiston
Boks boʻyicha Jahon chempionatida oʻzbekistonlik Elnur Abduraimov ilk jangini jazoirlik Rizo Benbazizga qarshi oʻtkazdi.

TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatida - 63 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov ilk jangini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston boks federatsiyasi xabar qildi.

Elnur birinchi raqibi jazoirlik Reda Benbazizni katta ustunlik bilan yengdi. Hisob oʻzbekistonlikning foydasiga 5:0 deb qayd etildi.

© Federatsiya boksa UzbekistanaUzbekskiy bokser Elnur Abduraimov na CHM v Yekaterinburge
Bokschi Elnur Abduraimov Yekaterinburgdagi JChda ilk gʻalabani qoʻlga kiritdi - Sputnik Oʻzbekiston
Uzbekskiy bokser Elnur Abduraimov na CHM v Yekaterinburge

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 52 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Shahobiddin Zoirov birinchi jangini turkmanistonlikka qarshi oʻtkazib, raqibini katta ustunlik (5:0) bilan magʻlubiyatga uchratgani xabar qilingan edi.

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha Jahon chempionati 8 sentyabrdan 21 sentyabrga qadar boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala