Sport

Habib Nurmagomedov vaqtincha janglardan chetlashtirildi

© REUTERS/Christopher PikeXabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye
Xabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye  - Sputnik Oʻzbekiston
Shifokorlar koʻrsatmasiga asosan Porye bilan oʻtkazilgan jangdan soʻng tiklanishi uchun UFC chempioni Habib Nurmagomedov vaqtincha janglardan chetlatildi.

TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. Shifokorlar koʻrsatmasiga asosan UFC chempioni Habib Nurmagomedov vaqtincha janglardan chetlatildi. Bu Dastin Porye bilan oʻtkazilgan jangdan soʻng tiklanishi uchun zarur.

Rossiyalik jangchi bir hafta muddatga mashq va janglardan chetlashtirildi.

MMAJunkie nashri yozishicha, uning raqibi Dastin Porye esa tibbiy koʻrsatmalarga asosan bir oylik tanaffus berildi. Porye jang vaqtida koʻz va qosh qismida jarohat oldi.

Eslatib oʻtamiz, 7 sentyabr Abu-Dabida boʻlib oʻtgan jangda rossiyalik aralash yakkakurashchi Habib Nurmagomedov Dastin Puarye ustidan gʻalaba qozondi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala