Jamiyat

Markaziy bank Toshkent metrosidagi bankomatlar nega ishlamasligiga izoh berdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
MB vakilining soʻzlariga koʻra, hozirda markazlashgan monitoring tizimi oʻrnatilyapti. Unda har bir oʻrnatilgan bankomatlar masofadan turib nazorat qilinadi.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Markaziy bank toʻlov tizimlari va axborot texnologiyalari departamenti direktori Dilshod Ikramov metrolar va shaharning ayrim joylarida oʻrnatilgan bankomatlarning ishlamasligi, bu borada kim masʼul ekani va uchrayotgan muammolarni bartaraf qilish borasida qanday choralar koʻrilayotgani maʼlum qildi.

“Bugungi kunda 600 dan oshiq bankomat 24/7 rejimida ishlaydi. Hali ishga tushirilmagan, lekin oʻrnatilgan bankomatlarimiz soni ham ancha. Metrolarda bankomatlarning ishlamasligi texnik sabablarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Yaʼni, aloqa kanallari oʻrnatish ishlarini yoʻlga qoʻymoqdamiz va bu borada metropoliten bilan hamkorlikda choralar koʻrilmoqda”, - dedi Ikromov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi matbuot anjumanida.

Uning soʻzlariga koʻra, shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida markazlashgan monitoring tizimi oʻrnatilyapti. Unda har bir oʻrnatilgan bankomatlar masofadan turib nazorat qilinadi.

Avvalroq HUMO᾽ning 250 dan ortiq bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshlagani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0