Sport

Murod Xontoʻrayevning raqibi maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonlik MMA jangchisi Murod Xontoʻrayev 22 sentyabr kuni Toshkentda oʻzining professional jangini oʻtkazadi.

TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. Oʻzbekistonlik MMA jangchisi Murod Xontoʻrayev 22 sentyabr kuni Toshkentdagi "Yunusobod tennis korti" majmuasida rossiyalik 33 yoshli MMA jangchisi Yevgeniy Myakinkinga qarshi ringga chiqadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga bellashuv tashkilotchilari maʼlum qildi.

Boyets MMA Murod Xanturayev  - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Murod Xontoʻrayev ringga qaytdi

Taʼkidlanishicha, K-1 yoʻnalishida oʻtkaziladi, shu kuni jami 11 ta jang rejalashtirilgan.

Bellashuvda Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Eron, Tojikiston sportchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.  

Yevgeniy Myakinkin oʻz professional karyerasini 2009 yilda boshlagan. Jami 23 ta jang oʻtkazib, 14 tasida gʻalaba qozongan. Magʻlubiyatlari soni 8 tani tashkil qiladi. Raqiblarini 4 ta jangda muddatidan avval taslim etgan. Oʻzi esa bir marotaba magʻlubiyat alamini totib koʻrgan.

Murod Xontoʻrayev 13 ta jang oʻtkazib, ulardan 11 tasini gʻalaba (undan 8 tasi nokaut) va 2 tasini magʻlubiyat bilan yakunlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala