Prezident muddatidan oldin soliq olayotgan rahbarlarni tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev raskritikoval rukovoditeley sektorov v Karakalpakstane
Shavkat Mirziyoyev raskritikoval rukovoditeley sektorov v Karakalpakstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev faqat yirik soliq to‘lovchilardan muddatidan oldin olingan soliqlar hisobidan budjetni to‘ldirayotgan rahbarlarni tanqid qildi.

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-sentabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat budjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bexzod Musayev glava GNK - Sputnik O‘zbekiston
Soliq yuki kamaytirilsa ham budjetga tushumlar 1,5 baravar oshdi

Majlisda davlat budjetiga tushumlarni ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ma’lumotlarga ko‘ra o‘tgan 8 oyda budjet tushumi ko‘rsatkichlari prognozga nisbatan yuqori bo‘lgan. 

Shu bilan birga Toshkent shahri, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ko‘p milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirilmagani, qator tuman va shaharlar rahbarlari izlanmay, yirik soliq to‘lovchilar hisobiga prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishda davom etayotgani tanqid qilindi.

Shavkat Mirziyoyev budjet soliq to‘lovlarini prognoz asosida oldindan bajarish qat’iyan man etilishini ta’kidladi.   

Daromadlarni oshirishda foydalanilmagan zaxiralarni ishga solish, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha tushumlarni ta’minlash, yashirin ish o‘rinlarini legalizatsiya qilish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchilari ro‘yxati e’lon qilindi

Moliya vazirligiga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini kamaytirish bo‘yicha aniq asoslangan taklif kiritish topshirildi.

Tadbirkorlar, ekspertlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muhokamalarda bildirilgan takliflarni inobatga olib, Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini puxta ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. 

Videoselektorda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlar va hokimlarning hisobot va takliflari eshitildi.

Yig‘ilishning to‘liq bayonoti bilan prezident matbuot xizmati sahifasida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0