Sport

Shahobiddin Zoirov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

© Federatsiya boksa UzbekistanaShaxobidin Zirov na chempionate mira po boksu v Yekaterinburge
Shaxobidin Zirov na chempionate mira po boksu v Yekaterinburge - Sputnik Oʻzbekiston
Zoirov Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha jahon chempionatidagi maqsadi oltin medalni qoʻlga kiritish ekanini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Oʻzbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi boks boʻyicha jahon chempionatini gʻalaba bilan boshladi.

52 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Shahobiddin Zoirov birinchi jangini turkmanistonlik Ixlas Gilichjanovga qarshi oʻtkazdi.  Rio—2016 Olimpiadasi chempioni raqibini katta ustunlik (5:0) bilan magʻlubiyatga uchratdi.

“Raqib biroz zaif edi va men uni oʻzimning mahoratdagi ustunligim hisobiga yengishga muvaffaq boʻldi. Jang men uchun  yaxshi boʻldi, men masofadan turib qanday jang qilish kerakligini his qildim. Men jangda yaxshi texnika va katta tajribam hisobiga ustunlikka erishdim”, - dedi Zoirov RIA Novostiga.

© Federatsiya boksa UzbekistanaShaxobidin Zoirov na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge
Shahobiddin Zoirov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - Sputnik Oʻzbekiston
Shaxobidin Zoirov na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge

Shuningdek, Zoirov tomoshabinlar qoʻllab-quvvatlarini taʼkidlab, mazkur gʻalabaga hissa qoʻshishganini aytdi.

Shahobiddin Zoirovga keyingi bosqichda Dominikan Respublikasi vakili raqiblik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala