Siyosat

Kamilov Frantsiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashdi

© MID Uzbekistana13 sentyabrya 2019 goda Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov prinyal vnov naznachennogo Posla Frantsii Izabel Servoz-Galluchchi
13 sentyabrya 2019 goda Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov prinyal vnov naznachennogo Posla Frantsii Izabel Servoz-Galluchchi - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda oʻzaro savdo hajmlarini oshirish va qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Frantsiya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Izabel Servoz-Galluchchini qabul qildi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, elchini tayinlov bilan qutlagan va unga omad tilagan.

Dobыcha uranovыx rud v rudnike - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Frantsuz kompaniyasi Oʻzbekistonda uran qazib oladi

Boʻlib oʻtgan suhbatda koʻp qirrali Oʻzbekiston – Frantsiya muloqotini sifat jihatdan yangi darajaga koʻtargan 2018 yilda Frantsiyaga rasmiy tashrif doirasidagi prezident Shavkat Mirziyoyevning prezident Emmanuel Makron bilan olib borgan muzokaralari chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga muhim eʼtibor qaratildi.

Siyosat, iqtisod, turizm, madaniyat va taʼlim kabi sohalardagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlarning manfaatdorligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda oʻzaro savdo hajmlarini oshirish va qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish nuqtai nazaridan mintaqaviy xavfsizlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala