Oʻzbekiston OZXO anjumaniga taklif qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Sentyabr oyining birinchi yarmida Kimyoviy qurolni taʼqiqlash boʻyicha xalqaro tashkilot (OZXO)da Oʻzbekistonning doimiy vakili Dilyër Xakimov Niderlandiyaning Raysvik shahrida joylashgan tashkilotga qarashli maxsus laboratoriyada boʻlgan

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Kimyoviy qurolni taqiqlash boʻyicha xalqaro tashkilotning 24-anjumaniga taklif qilindi, deb xabar qilgan TIV matbuot-xizmati.

Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bыli otravlenы S. Skripal i yego doch - Sputnik Oʻzbekiston
KQTT Skripallar nima bilan zaharlanganini aniqladi, lekin aytmaydi

Sentyabr oyining birinchi yarmida Kimyoviy qurolni taʼqiqlash boʻyicha xalqaro tashkilot (OZXO)da Oʻzbekistonning doimiy vakili Dilyër Xakimov Niderlandiyaning Raysvik shahrida joylashgan tashkilotga qarashli maxsus laboratoriyada boʻlgan.

Oʻzbekiston tomoni laboratoriya ishi, uning texnik imkoniyatlari va personali bilan tanishgan. Xususan, OZXO laboratoriyaning kimyoviy moddalar tahlili boʻyicha mavjud imkoniyatlari haqida gapirib berishgan.

Tadbir davomida Oʻzbekiston tomoniga 25-29 noyabr kunlari Gaaga shahrida oʻtkaziladigan OZXO ishtirokchi-davlatlarining 24-anjumanida ishtirok etish toʻgʻrisida taklifnoma taqdim etilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (OZXO)ning asosiy vazifasi kimyoviy quroldan foydalanishdagi taʼqiqlarga rioya qilishini nazorat qilish, kimyoviy qurollar zahirasini yoʻq qilish, davlatlarni kimyoviy quroldan himoya qilish va bu kabi qurollarning tarqalmasligini taʼminlashdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala