TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Nur-Sulton shahrida davom etayotgan yunon-rim kurashi boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston vakili Rustam Assakalov bronza medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar qildi.
-87 kilogramm vazn toifasida Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma qoʻlga kiritgan Rustam Assakalovga qirgʻizistonlik Atabek Azizbekov raqiblik qildi. Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv Assakalovning gʻalabasi bilan yakunlandi
Eslatib oʻtamiz, kecha Aram Vardanyan -72 kilogramm vazn toifasida kumush medaliga sazovor boʻlib, terma jamoaning musobaqadagi birinchi medaliga mualliflik qilgan edi. Rustam Assakalov qoʻlga kiritgan medal yunon-rim kurashi boʻyicha jahon chempionatidagi Oʻzbekistonning ikkinchi medali boʻldi.