TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Samarqandning Paxtachi tumanidada fuqaro MIB xodimini tayoq bilan kaltakladi.
Bosh prokuratura xabariga koʻra, 13 sentyabr kuni MIB Paxtachi tuman boʻlimi xodimlari Hunarmand mahallasida joylashgan xususiy korxonaga oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulanib olganligi holatini tekshirish maqsadida borgan vaqtda N.R. (1991 y.t, ayol) MIB xodimlarining faoliyatiga qarshilik koʻrsatib, ularni haqorat qilib, tayoq bilan B.U.ni tanasining turli qismlariga urgan. Shuningdek, F.X.ning qoʻlidan dalolatnomani tortib olib, ularni yirtib, yoqib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan N.R. ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi, 219-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.