Dunyoda

Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini kamaytirdi

© AP Photo / Hasan JamaliDobыcha nefti
Dobыcha nefti - Sputnik Oʻzbekiston
Saudiya milliy neft kompaniyasi Saudi Aramco neft va tabiiy gaz qazib olish hajmini 50 %ga kamaytirishi oqibatida jahon bozorida neft narxi 10 %ga oshdi.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik.  Saudiya Aarbistoni neft qazib olish hajmini kamaytirishi tufayli neft narxi 10%ga oshdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

Xususan, bugun ertalab Brent markali neft narxi 9,96 %ga oʻsib, barreliga 66,22 dollarni tashkil qilgan, WTI markali xom ashyo esa – 8,61 %ga oʻsib 59,22 dollarni tashkil qilgan.

Neft qazib olishni tkamaytirish haqidagi qarorni Saudiya energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon tomonidan qabul qilingan. Vazir aytishiga qargandan kunlik neft qazib olish hajmi oʻrtacha 50%ga kamaytirilgan. Buning oqibatida etan va boshqa tabiiy gaz qazib olish miqdori ham 50% ga kamaygan.

Peregovorы prezidenta RF V. Putina s korolem Saudovskoy Aravii S. Al-Saudom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiya qiroli arab davlatlari favqulodda majlisini chaqirdi

Ayni damda eng yirik boʻlgan “Bыkayk” va “Xыrays” neft konlarida neft qazib olish vaqtincha toʻxtatilgan. Ushbu davr mobaynida buyurtmachilarga neft rezerv omborxonalardan yetkazib beriladi, deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan shanba kuni tong soat 04:00 da Saudi Aramco - milliy neft kompaniyasiga tegishli  bir necha yirik neft qazib olish konlariga dronlar hujum qilgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi. OAVlar xabariga koʻra, ushbu hujumlar uchun javobgarlikni Yaman muxolifatchilari oʻz zimmasiga olgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala