Hodisalar

Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan guruh qoʻlga olindi

© INDRANIL MUKHERJEE / AFPZolotыe ukrasheniya
Zolotыe ukrasheniya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda noqonuniy oltin qazib olib, uni xorijiy mamlakatlarga olib chiqish bilan shugʻullangan jinoiy guruh qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanayotgan jinoiy guruhni qoʻlga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“MXX xodimlari Navoiy viloyati va Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri doirasida, uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻydi”, - deyilgan MXX xabarida.

Ushbu guruh aʼzolari noqonuniy ravishda oltin qazib olish, ulardan zargarlik buyumlari tayyorlash va ularni yashirin holda Hindistonga olib oʻtish bilan shugʻullanib kelishgan.

Denejnыe kupyurы: dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Chegarada salkam 700 ming dollar naqd pul va 7 kg oltin ushlandi

Ayni damda guruh aʼzolari hibsga olingan boʻlib, tergov ishlari oxiriga qadar ularning ism familiyalari oshkor qilinmasligi aytib oʻtilgan. Qoʻlga olish vaqtida jinoyatchilar yonidan zargarlik buyumlari, ularni tayyorlash uskunalari va naqd xorijiy valyuta topilgan.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Hindistonga, turkiya va Ozarbayjonga yoʻl olgan yoʻlovchilar turli yoʻllar bilan oltin va boshqa qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketayotgan vaqtida qoʻlga olingani haqida xabar bergan edik. Kimdir oyoq kiyimi ostiga, kimdir kamari ichiga, yana birov oltin buyumni oq yoki qora boʻyoq bilan boʻyab olgan holda va hatto oshqozon ichiga yashirib olib ketayotgan vaqtida qoʻlgan olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0