O‘zbekistonga qanday chorvachilik modeli kerak  – ekspert fikri

© Natsionalniy soyuz proizvoditeley govadiniGendirektor Natsionalnogo soyuza proizvoditeley govadini Roman Kostuk
Gendirektor Natsionalnogo soyuza proizvoditeley govadini Roman Kostuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoda go‘sht yetishtirish uchun qanday muvaffaqiyatli chorvachilik modellari bor va O‘zbekistonga qanday chorvachilik modeli kerakligi haqida rossiyalik ekspert nima dedi.

TOShKENT, 16 sen – Sputnik.   Rossiya Mol go‘shti ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi bosh direktori Roman Kostuk Sputnik muxbiriga dunyoning rivojlangan davlatlarida mol go‘shti ishlab chiqarish sohasi qanday tuzilgani haqida hikoya qilib berdi.

Korovi cherno-pestroy porodi na plemennom zavode  - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht narxi nega oshdi – rossiyalik mutaxassislar javobi

Butun dunyoda go‘sht ishlab chiqarish bu – har birda 50tadan ko‘p bo‘lmagan qoramolga ega bo‘lgan kichik fermer xo‘jaliklari hamda yirik bir necha o‘nlikdan iborat semirtirish bazalari hamda bir-ikkita yirik professional so‘yish korxonalaridan orasidagi hamkorlik asosida tashkil qilingan.

Shuning uchun ham, chorvachilik rivojlangan AQSh go‘sht ishlab chiqarish sanoati - har birida 50 bosh qoramoldan ortiq bo‘lmagan 600 ming kichik oilaviy fermalardan iborat. Qozog‘iston ham ana shunday strategiyani milliy strategiya sifatida tanlagan. Ular bir necha yil ichida 100 mingga yaqin oilaviy fermalar tashkil qilishmoqchi. Ular bir necha semirtirish bazasiga biriktirilgan bo‘lib mollar ma’lum yoshga to‘lganda semirtirib so‘yish uchun bazaga topshiriladi. Qozog‘istonda ushbu dastur 2018-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.

Ivan Sauer - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shnilarda yo‘q, tovuqlar esa yordam bermaydi: ekspert O‘zbekistondagi go‘sht muammosi haqida

Rossiya ham ushbu yo‘ldan borib, kichik hududiy va oilaviy fermalar tashkil qilmoqda va ularga bir necha yirik integratsion maydonlar atrofida rivojlanishi, yirik biznes bilan hamkorlik qilishi uchun sharoitlar yaratilmoqda.  

Shuning uchun ham bir necha kichik bizneslarni yirik biznes bilan birlashtirib, ularning birgalikda rivojlanishiga do‘stona qaraladigan yagona soha – bu go‘sht yetishtirish maqsadida amalga oshirilayotgan chorvachilikdir. Bu yerda yirik semirtirish bazalari kichik xo‘jaliklardan yosh mollarni sotib olib ularni semirtiradi va shu bilan kichik xo‘jaliklar rivojlantirishi uchun ham sharoit yaratadi.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishi sabablari ma’lum bo‘ldi

Shuning uchun ham bugun O‘zbekistonga professional semirtirish va so‘yish bazalari kerak. O‘shanda kichik fermer xo‘jaliklari mo‘’tadil daromad bilan ta’minlangan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishi masalasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. O‘shanda biz go‘sht narxi oshishiga sabab bo‘layotgan bir necha omillarni keltirgan edik.

Ular orasida ozuqa bazalari, mutaxassislar yetishmasligi va eng katta muammo – zamonaviy professional chorvachilik majmualari yo‘qligi deyilgan edi. 

Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistonda ommaviy tartibda yetishtirilayotgan chorva mollarida suyakka nisbatan go‘sht miqdori kamligi ham ta’kidlab o‘tilgan edi.

Rossiyskiy ekspert rasskazal ob optimalnoy modeli masnogo skotovodstva dlya Uzbekistana

 

Yangiliklar lentasi
0