Toshkentda ertaga metro bepul bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Yevropa Harakatlanish Haftasi va Avtomobilsiz Kuni munosabati bilan - ertga Toshkentda metro bepul bo‘ladi.

TOShKENT, 18 sen - Sputnik.  Ertaga, 2019-yilning 19-sentabrida Toshkent birinchi marta “Avtomobilsiz kun” umumjahon harakatining ishtirokchisiga aylanadi. Toshkent dunyoning 50ta mamlkatlarida har yili bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Harakatlanish Haftasi”ning rasmiy ishtirokchisiga aylandi, deb xabar qilmoqda O‘TY matbuot xizmati.

“16-22 sentabr kunlari poytaxtda turli xil harakat usullarini targ‘ib qilish va ommalashtirish orqali aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.  

Bepul metro kuni tadbiri 2019-yil 19-sentabrda  Toshkent metrosining barcha stansiyalarida amal qiladi. Toshkent metrosi umumiy uzunligi 37 km-dan uzunroq bo‘lib, u 29 ta stansiyaga ega. Toshkentda metro xizmatidan kuniga o‘rtacha 200ming kishi foydalanadi. Bu dunyoning boshqa poytaxt shaharlariga nisbatan juda past ko‘rsatgich.

Ushbu kun metro bekatlari va o‘tish joylari musiqachilar, aktorlar va boshqa ko‘ngilochar dasturlarning sahnasiga aylanadi. Aksiya tashkilotchilari poytaxt aholisi shu kuni o‘z mashinalarini qoldirib, ishxonalariga metroda borishga qaror qilib ushbu transport turining tejamkorligi va tezligini yuqori baholashadi deb umid qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0