O‘zbekistonda 1-yanvardan qator korxonalar mol-mulk solig‘idan ozod etiladi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo‘lmagan eksport ulushiga ega bo‘lgan korxonalar 2023-yil 1-yanvargacha mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.

Qaror bilan xomashoni qayta ishlash asosida bozor talablariga mos to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020–2025 yillarga mo‘ljallangan maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

 Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan:

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu tekstilnogo predpriyatiya v Shavatskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Shovot tumanidagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

- bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni olib chiqishda eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida;

- eksport qilinadigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

2020 yil 1-yanvardan:

- yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo‘lmagan eksport ulushiga ega bo‘lgan korxonalar 2023-yil 1-yanvargacha mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;

- to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal, va mo‘ynachilik korxonalarining foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo‘yicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi;

- chorva mollarini so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarni ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta ishlovchi korxonalar 2023-yil 1-yanvargacha yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;

- “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari O‘zbekiston Respublikasidagi daromad manbalari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida to‘laydi.

Yangiliklar lentasi
0