TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda davlat organlari yoppasiga Linux operatsion tizimiga oʻtadi. Bu haqida “Texnik koʻmaklashish markazi” DUP rasman eʼlon qildi. Uznews xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu qarorni qabul qilishga Linux tizimining xavfsizligi va uning bepulligi sabab boʻlgan.
Markaz xabariga koʻra, ayni damda Linuxning eng soʻnggi versiyasi “CentOS Linux 7” – operatsion tizimi barcha sinovlardan oʻtib DUP sertifikatini olgan. Ushbu tizim davlat organlari faoliyatiga qoʻyilayotgan axborot xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradi.
Ikkinchidan, Linux operatsion tizimi ishlab chiqaruvchilar tomonidan bepul tarqatilayotgani sababli – u Oʻzbekiston davlat byudjeti uchun yiliga 100 million AQSH dollariga miqdorda valyuta tejashi mumkin.
Uchinchidan, Linux operatsion tizimidan foydalanish xalqaro va mahalliy qonunlarda belgilangan intellektual mulk normalarini buzishini va buning uchun javobgarlikka tortilishni oldini oladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining 4024-sonli qaroriga asosan davlat tashkilotlarida litsenziyalanmagan kompyuter dasturlaridan foydalanish qatʼiyyan taʼqiqlanadi. Ushbu taʼqiqni buzgan tashkilot rahbarlari javobgarlikka tortilishi mumkin.