TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Toshkentda avtoustaxona xodimi doʻpposlandi.
Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, 10 sentyabr kuni Bektemir tumanida joylashgan transport vositalari ustaxonasida Qibray tumanida yashovchi 27 yoshli X.J. va avtoustaxonaning 25 yoshli ishchisi B.A. oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Natijada B.A.ga tan shikastlari yetkazildi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, B.A.ga oʻrta ogʻirlikdagi tan shikastlari yetgan.
Ushbu fakt asosida Oʻzbekiston JKning 277-moddasi (“Bezorilik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.