Abdulaziz Kamilov AQShga tashrif buyuradi

© MARY ALTAFFER / POOL / AFPMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yilning 21-29 sentabr kunlari AQShga tashrif buyuradi.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yilning 21-29 sentabr kunlari AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV xabar qildi.

13 sentabrya 2019 goda Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov prinyal vnov naznachennogo Posla Fransii Izabel Servoz-Galluchchi - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasida, jumladan, E’tiqod erkinligini himoya qilish Global chaqiruvi taqdimotiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbirda, Iqlim ta’sirlari bo‘yicha BMT Sammitida, “Markaziy Osiyo – AQSh” (“C5+1”) shaklida va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining (OHIChK) vazirlar uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Nyu-York shahrida xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Xabarda tashrif dasturida Vashington shahrida AQSh rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o‘tkazish va O‘zbekiston-AQSh kun tartibi masalalarini muhokama qilish ham ko‘zda tutilgani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0