Iqtisod

Aripov: AES loyihasini amalga oshirishda barcha xalqaro talablarga qatʼiy rioya qilamiz

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMinistrы energetiki stran TSARES vstretilis v Tashkente
Ministrы energetiki stran TSARES vstretilis v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Hukumatlararo muloqotning birinchi kunida energetika vazirlarining deklaratsiyasini qabul qilish va imzolash kutilmoqda.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi (MOMIH), mintaqa davlatlari energetika vazirlarining birinchi muloqoti va Energetika investitsion forumi boʻlib oʻtmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Maket AES  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev atom energiyasidan foydalanish toʻgʻrisida qonunni imzoladi

Forumi doirasida energetika sohasidagi dolzarb masalalarni hal etish uchun mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish koʻzda tutilgan.

Tadbir mavzusi boʻyicha Xalqaro energetika agentligi (XEA), Xalqaro energetika kengashi, dunyoning yetakchi kompaniyalari rahbarlarining chiqishlari rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning nutqi energetika  vaziri Alisher Sultonov tomonidan oʻqib eshittirildi.

Aripov oʻz nutqida mamlakatning barqaror iqtisodiy oʻsishini taʼminlash maqsadida xalqaro tajriba, texnologiya rivojlanish tendentsiyasi, energetika tarmoqlarini rivojlantirishning turli xil variantlarini oʻrganib chiqib, Oʻzbekiston oʻz atom energiyasini ishlab chiqarishga qaror qilganini qayd etgan.

“Xalqaro atom energiyasi agentligining toʻla huquqli aʼzosi sifatida Oʻzbekiston ushbu loyihani amalga oshirishda barcha xalqaro talablarga qatʼiy rioya qiladi”, - degan Aripov.

Birinchi marta oʻtkazilayotgan MOMIH energetika vazirlarining mintaqaviy muloqoti mamlakatlar va kompaniyalarni birlashtiradi hamda ushbu hududning energetik xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Ishonchli elektr taʼminoti aholi farovonligi uchun zarur boʻlish bilan birga, zamonaviy iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Va ushbu maqsadga erishish MOMIH energetika vazirlarining  umumiy vazifasi hisoblanadi.

Generalnыy direktor gosudarstvennoy korporatsii po atomnoy energii Rosatom Aleksey Lixachev - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Lixachyov: xalqaro atom loyihalar Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qoʻshimcha impuls beradi

Energetika investitsion forumida (EIF) unda biznesni energetika, xususan, Markaziy Osiyo energetika bozorlariga jalb etish masalalarini muhokama etadilar.

EIF-2019 investorlarga oʻtish davridagi tez oʻzgaruvchan shart-sharoitlarga  moslashishga yordam beradi,  hukumatlar, investorlar va kelgusi avlod tadbirkorlarining biznes loyihalarini ragʻbatlantiradi.

Forum doirasida shuningdek, OTB MOMIH birinchi startaplar tanlovini taqdim etadi. Tanlangan finalchilar oʻz biznes gʻoyalarini “TedTalk” formatida namoyish etishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala