Jamiyat

Maktabgacha taʼlimning yangi turi joriy etilmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNovыy detskiy sad otkrыli v Sergeliyskom rayone Tashkenta.
Novыy detskiy sad otkrыli v Sergeliyskom rayone Tashkenta. - Sputnik Oʻzbekiston
Mobil guruhlarda xizmatlar bepul koʻrsatiladi. Bunda ovqatlantirish majburiy emas, taʼlim bir kunda 3-4 soatni tashkil etadi.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimning yangi turi joriy etilmoqda. Bu haqja Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab, maktabgacha taʼlim mobil guruhlari tajriba tariqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ayrim tumanlarida, qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida tashkil etiladi.

Novыy detskiy sad otkrыli v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Shahnoza Mirziyoyeva Sergelidagi MTM ochilishida ishtirok etdi - foto

Mobil guruhning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama yetuk, intellektual kamol topishiga sharoit yaratishdan iborat.

Mobil guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan, maktabgacha taʼlim muassasalariga bormaydigan bolalar qabul qilinadi.

Qabul uchun ariza, ota-ona pasporti nusxasi, bolaning tugʻilganlik guvohnomasi nusxasi, bolaning 2 dona fotosurati, bolaning salomatligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa va bolaning salomatligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa talab etiladi.

Mobil guruhlarda xizmatlar bepul koʻrsatiladi.  Bunda ovqatlantirish majburiy emas, taʼlim bir kunda 3-4 soatni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda "bogʻcha avtobus"lari paydo boʻlishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala