Davlat arxivlaridagi ayrim hujjatlar maxfiylikdan chiqariladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыy arxiv Chelyabinskoy oblasti
Gosudarstvennыy arxiv Chelyabinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Farmonga muvofik 2020 yil 1 iyungacha davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqariladi.

TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident Farmoni qabul qilindi.

Kadr iz filma Moskvichi v 1941 godu - Sputnik Oʻzbekiston
Sovet ayollarining urush yillaridagi jasoratlari haqida arxiv hujjatlar eʼlon qilindi

Farmonga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzarxiv" agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzarxiv" agentligi tashkil etildi.

Shuningdek, Farmonga muvofik 2020 yil 1 iyungacha davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqariladi.

2020 yil 1 iyungacha quyidagi davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP orqali koʻrsatilishi joriy etiladi:

👉 oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;

👉 ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;

Amir Temur haykali - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Amir Temur haqida Venetsiya arxividagi haligacha chop etilmagan sirli maʼlumotlar

👉 ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;

👉 arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar boʻyicha annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish;

👉 arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish).

Mazkur arxiv maʼlumotnomalarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala