Sport

Oʻzbekiston boks jamoasi yana bir bor dunyoda birinchi boʻldi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishSprava - Amit (Indiya), Shaxobid Zotrov (Uzbekistan) pobedivshiy v finale po boksu v vesovoy kategorii do 52 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.
Sprava - Amit (Indiya), Shaxobid Zotrov (Uzbekistan) pobedivshiy v finale po boksu v vesovoy kategorii do 52 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge. - Sputnik Oʻzbekiston
Kecha Yekaterinburgda nihoyasiga yetgan boks boʻyicha jahon chempionatida 3 nafar Oʻzbekiston bokschilari oltin medal sohibi boʻlishdi.

TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Kecha Yekaterinburgda boks boʻyicha Jahon chempionatining final janglari boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbekistonlik 5 nafar bokschilar medallar sohibi boʻlib, Oʻzbekiston boks boʻyicha dunyoda yetakchi mamlakat yekanini yana bir isbot qildi.

Boks. Chempionat mira. Mujchinы. Desyatыy den - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Boks boʻyicha JCH: 5 nafar oʻzbekistonlik yarim final janglarida

52 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Shahobiddin Zoirov hindistonlik Amit ustidan gʻalaba qozonib jama uchun birinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi.

57 kilogramm vazn toifasida esa Miraziz Mirzahalilov kubalik Lazaro Alvaresga qarshi jang qildi. Jangning 2-raundida kubalik bokschi jarohat oldi va shifokorlar Alvaresga jangni davom ettirishga imkon berishmadi. Shu paytgacha boʻlgan ochkolar hisob-kitobi boʻyicha Miraziz Mirzahalilov gʻolib deb topildi.

81 kg vazn toifasida ringga chiqqan Dilshodbek Roʻzmetov qozogʻistonlik Bekzad Nurdauletovga raqibiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu jangda qozogʻistonlik sportchil gʻolib deb topildi va Roʻzmetov kumush medali bilan taqdirlandi.

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishMirazizbek Mirzaxalilov (Uzbekistan) pobedivshiy v finale po boksu v vesovoy kategorii do 57 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.
Oʻzbekiston boks jamoasi yana bir bor dunyoda birinchi boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
Mirazizbek Mirzaxalilov (Uzbekistan) pobedivshiy v finale po boksu v vesovoy kategorii do 57 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.

Eng ogʻir +91 kg vazn toifasida oʻzbekistonlik Bahodir Jalolov qozogʻistonlik Kamshibek Konkabayevga qarshi ringga chiqdi. Super ogʻir vazn toifasida boʻlib oʻtgan jangda Jalolov gʻalaba qozondi va ilk bor jahon chempionatining oltin medaliga sazovor boʻldi.

Maʼlumot uchun, Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan jaho chempionatida Oʻzbekistondan 8 nafar bokschilar ishtirok etgan edi. Ulardan besh nafari musobaqani medallar bilan yakunladi:

Oltin medalllar:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov
+91 kg: Bahodir Jalolov

Kumush medal:
-81 kg: Dilshodbek Roʻzmetov

Bronza medal:
-69 kg: Bobousmon Baturov

Ushbu natija Oʻzbekistonni boks boʻyicha jahon chempionatinining  umumjamoa hisobida birinchi oʻringa olib chiqdi! Mezbon Rossiya terma jamoasi esa 3 ta oltin medal bilan ikkinchi pogʻonadan joylashdi. Qozogʻiston uchinchi oʻrinda.

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishSprava nalevo: Latsaro Alvares (Kuba) i Mirazizbek Mirzaxalilov (Uzbekistan) v finale po boksu CHM-2019
Oʻzbekiston boks jamoasi yana bir bor dunyoda birinchi boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
Sprava nalevo: Latsaro Alvares (Kuba) i Mirazizbek Mirzaxalilov (Uzbekistan) v finale po boksu CHM-2019

Eslatib oʻtamiz, 2016 yil Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida ham Oʻzbekiston boks boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egallagan edi. Oʻshanda ushbu sport turida dunyoda yeakchi hisoblanadigan Kuba sportchilari ham Oʻzbekiston jamoasiga boy berishgan edi.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala