Chempion bokschilar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi

© Olimpiyskiy komitetVstrecha bokserov v Tashketskom aeroportu
Vstrecha bokserov v Tashketskom aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon chempionatida yetakchilikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschilar Toshkent aeroportida munosib kutib olindi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchilikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston bokschilari Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi.

Sprava - Amit (Indiya), Shaxobid Zotrov (Uzbekistan) pobedivshiy v finale po boksu v vesovoy kategorii do 52 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston boks jamoasi yana bir bor dunyoda birinchi bo‘ldi

Bokschilarni kutib olish marosimida O‘zbekiston Boks federatsiyasi raisi Achilbay Ramatov ham ishtirok etib, yigitlarimizning jahon chempionatidagi bunday muvaffaqiyatli ishtiroki bilan qutladi va Tokio Olimpiadasida ham shunday zafarli g‘alabalar tilab qoldi.

Bokschilar nomidan Bahodir Jalolov so‘zga chiqib, ularni kutib olishga chiqqan o‘zbekistonlik muxlislar va sport muassasalari xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

“Yarim tun bo‘lishiga qaramasdan bizlarni kutib olishga chiqqaningiz uchun rahmat. Biz Rossiyada barchangizning qo‘llab-quvvatlashingizni, duolaringizni his qilib turdik. Nasib qilsa, kelasi yil Tokio Olimpiadasida ham o‘zbekistonlik bokschilarning nimalarga qodirligini namoyish etib, boks bo‘yicha birinchi raqamli terma jamoa ekanimizni ko‘rsatib qo‘yamiz”, – dedi Bahodir Jalolov.

Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov o‘z qo‘shiqlari bilan kechaga yanada fayz berdi. Shundan so‘ng bokschilarimiz karnay-surnay navolari ostida kuzatib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, 9-21 sentabr kunlari Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschilar ishtirok etib, 3ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallar sohibi bo‘lishgan edi. 

© Olimpiyskiy komitetVstrecha bokserov v Tashkentskom aeroportu
Vstrecha bokserov v Tashkentskom aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
1/4
Vstrecha bokserov v Tashkentskom aeroportu
© Olimpiyskiy komitetBahodir Jalolov v Tashkentskom aeroportu
Bahodir Jalolov v Tashkentskom aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
2/4
Bahodir Jalolov v Tashkentskom aeroportu
© Olimpiyskiy komitetShaxram Giyosov v Tashkentskom aeroportu
Shaxram Giyosov v Tashkentskom aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
3/4
Shaxram Giyosov v Tashkentskom aeroportu
© Olimpiyskiy komitetVstrecha bokserov v Tashkentskom aeroportu
Vstrecha bokserov v Tashkentskom aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Vstrecha bokserov v Tashkentskom aeroportu
1/4
Vstrecha bokserov v Tashkentskom aeroportu
2/4
Bahodir Jalolov v Tashkentskom aeroportu
3/4
Shaxram Giyosov v Tashkentskom aeroportu
4/4
Vstrecha bokserov v Tashkentskom aeroportu
Yangiliklar lentasi
0