TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin onkologik kasalliklarning tarqalishi butun insoniyat uchun chaqiriq ekanini maʼlum qildi.
Rossiya yetakchisi Ikkinchi xalqaro onkologiya va radiologiya forumida soʻzlagan nutqida xalqaro uyushmalarni bu kabi kasalliklarga qarshi kurashishda birlashishga chorlagan.
“Onkologik kasalliklarning tarqalishi - hozirda bu butun insoniyat uchun chaqiriq”, - deya qayd etgan Vladimir Putin.
Uning taʼkidlashicha, Rossiya xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor va ilgʻor onkologik yordamni yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.
Saratonning asosiy belgilari maʼlum qilindi
Onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy taʼsir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammolardan hisoblanadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, bunday kasalliklarga chalinish koʻrsatkichi yildan-yilga oʻsib bormoqda.
Oʻzbekistonda ayollar onkologik kasallikka qarshi emlanadi
Dunyoda har yili 16 millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Jumladan, Oʻzbekistonda ham 100 mingdan ortiq bemor onkologik kasalliklar boʻyicha hisobda turadi. Onkologik kasalliklar ichida sut bezi saratoni yetakchi oʻrin egallaydi, keyingi oʻrinlarni meʼda, bachadon boʻyni va oʻpka saratoni qayd etiladi.