Hodisalar

TIV Chimkentda oʻzbekistonlik talabalarning kaltaklanayotgani yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovMujchina pokazыvayet razbitыy kulak, arxivnoye foto
Mujchina pokazыvayet razbitыy kulak, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Chimkentdagi Akademik-innovatsion universitetda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar mahalliy aholining tazyiqiga uchrayotgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.

TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Oʻzbekiston TIV Chimkentda oʻzbekistonlik talabalarning kaltaklanayotgani yuzasidan bayonot berdi.

Xabarda yozilishicha,  21 sentyabr kuni Chimkentdagi Mintaqaviy ijtimoiy-innovatsion universitetda Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi Saidikrom Niyozxoʻjayev, Chimkent shahar hokimligi vakillari, universitet rektori Sandibay Boʻranbayev, Qozogʻiston Xalq assambleyasi raisi oʻrinbosari Sherzod Poʻlatov, Qozogʻiston Xalq assambleyasining Chimkent shahri boʻyicha raisi oʻrinbosari Muradali Xalmuradov, Qozogʻiston oʻzbeklarining "Doʻstlik" etnomadaniy birlashmalari assotsiatsiyasi raisi Ikrom Hoshimjonov ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtgan.

Molitva, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Faqat duo qilishingizni soʻrayman!  - Moskvada komaga tushib qolgan talabaning otasi

Unda Chimkentda taʼlim olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash, qoidabuzarlarga qonuniy choralar koʻrish va kelajakda noxush hodisalarning oldini olish uchun zarur profilaktika tadbirlarini oʻtkazish borasida koʻriladigan choralar muhokama qilingan.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasi va Olmaotadagi Bosh konsulxonasi (Chimkent uning konsullik okrugiga kiradi) vaziyatni nazoratga olgan. TIVning topshirigʻiga binoan Bosh konsulxona vakillari Chimkentda boʻlib turibdi, hudud va universitet rahbariyatlari, oʻzbekistonlik talabalar bilan aloqa oʻrnatilgan. Oʻzbekistondan borgan talabalarga ularning diplomatik vakolatxona himoyasida ekanligi tushuntirilgan.

“Barcha mavjud muammolar Chimkent shahri mahalliy hokimiyati bilan birgalikda hal qilinadi. Mahalliy hokimiyat diplomatik vakolatxona faoliyatiga har tomonlama yordam koʻrsatmoqda”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Chimkentdagi Akademik-innovatsion universitetda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar mahalliy aholining tazyiqiga uchrayotgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozogʻistonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozogʻiston, Turkiston, Jambil va Qiziloʻrda viloyatlari hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.

Yangiliklar lentasi
0