Toshkent o‘z chempionlarini qanday kutib oldi - video

Obuna bo‘lish
Jahon chempionatida yetakchilikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschilarni Toshkent aeroportida yuzlab muxlislar taniqli xonandalar kutibolindi.

Jahon chempionatida 5ta medal sohibi bo‘lib, umumjamoa hisobida yetakchilikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschilarni Toshkent aeroportida yuzlab muxlislar, karnay-surnay bilan kutib olindi. 

Undan tashqari bokschilarni kutib olish marosimida O‘zbekiston Boks federatsiyasi raisi Achilbay Ramatov, taniqli xonandalar, sport muassasalari xodimlari ham ishtirok etishdi. 

Bokschilar ham ularga qartilgan diqqat e’tibor uchun minnatdorlik bildirib kelasi yil Tokioda bo‘lishi kutilayotgan Olimpiadada ham yuksak natijalarga erishishni va’da berishdi. 

Eslatib o‘tamiz, 9-21 sentabr kunlari Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschilar ishtirok etib, 3ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallar sohibi bo‘lishgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0