TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Toshkentdagi masjidda oʻgʻrilik sodir etgan fuqaro qoʻlga olindi.
IIBB xabariga koʻra, 16 sentyabr kuni “Choʻlpon ota” masjidida 21 yoshli H.K. 18 yoshli J. R. namozga kirganligidan foydalanib, unga tegishli boʻlgan va ichida shaxsiy buyumlar hamda 894.000 soʻm pul boʻlgan portfelni oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringan.
Maʼlum qilinishicha, u tez orada qoʻlga olingan.
Jinoyatchiga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlar olib borilmoqda.