Dunyoda

Zelenskiy korruptsiyaga qarshi kurashishning antiqa yoʻlini taklif qildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka oʻtishVstrecha prezidenta Ukrainы V. Zelenskogo s predstavitelyami biznesa v Kiyeve
Vstrecha prezidenta Ukrainы V. Zelenskogo s predstavitelyami biznesa v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fuqarolarga videomurojaat yoʻllab, mamlakatdagi poraxoʻrlikka barham berishning yangi yoʻlini taklif qildi.

TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fuqarolarga korruptsiyaga qarshi fleshmob oʻtkazishni taklif qildi. U feysbukdagi sahifasida videomurojaat joylab, birgalikda qonunbuzarlarga qarshi kurashga chorlagan.

Andrey Manoylo - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Manoylo: Mirziyoyev korruptsiyaga qarshi yaxshi ishlaydigan tizimni vujudga keltirdi

“Agar korruptsiyaga koʻz yumsak, biz hech qachon uni yenga olmaymiz. Pora talab qilishyaptimi? Turli yoʻllarni taklif qilishyaptimi? Iltimos, jim turmang”, - degan Ukraina yetakchisi oʻz murojaatida.

U video olish yoki xeshteg qoʻyish shart emasligini taʼkidlagan. Shunchaki “ishonch raqamiga” qoʻngʻiroq qilib, qonunbuzarlik haqida xabar qilishning oʻzi kifoya. Ushbu fleshmobda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda korruptsiya qarshi kurashish maqsadida telegram ijtimoiy tarmogʻida “@antikorbot” nomli maxsus bot yaratilgan. Adliya vazirligi va uning tizimidagi taʼlim muassasalarida noqonuniy ishlar, jumladan, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqida ushbu bot orqali xabar berish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0