TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Vadim Abramov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda OʻFA xabar qilmoqda.
Vadim Abramovga murabbiylar shtabida Timur Kapadze yordam beradi. Shuningdek, oʻzbek futboli muxlislariga yaxshi tanish boʻlgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shugʻullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.
© Futbolnыy klub "Bunyodkor"Vadim Abramov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Vadim Abramov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
© Futbolnыy klub "Bunyodkor"
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtadasidagi shartnoma oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilingani xabar qilingan edi.