TOSHKENT, 23 sen - Sputnik. “OLX Avto” portali soʻnggi uch oy davomida Oʻzbekistonning turli hududlaridagi ommabop boʻlgan “inomarkalar” reytingini tuzdi.
Statistikaga koʻra, Rossiyaning LADA (VAZ) rusumli mashinasi Oʻzbekistonning barcha hududlaridagi ikkilamchi bozorda eng koʻp xarid qilingan avtomobil boʻlgan.
Portal reytingiga koʻra, GAZ, “Moskvich”, Mercedes Benz, Ford, Hyundai, Toyota va BMW ikkinchi va uchinchi oʻrinni oʻzaro boʻlishib olgan.

Shu bilan birga Buxoro, Jizzax, Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻonada xaridorlar Rossiyada ishlab chiqarilgan mashinalarni sotib olish maʼqul koʻrishgan, Toshkentda esa Mercedes Benz va Toyota mashinalarining bozori chaqqon boʻlgan.
Rossiyadagi eng ommabop lyuks avtomobillar maʼlum qilindi
Reyting 2019 yil iyun oyidan avgust oyigacha boʻlgan oldi-sotdi shartnomalar asosida tuzilgan. Ushbu davrda jami 5911 dona avtobil sotilgan.