Jamiyat

Elektrobusning afzalligi nimada

© Press-slujba "Toshshaxartranksizmat"Elektrobus nachnet perevozit passajirov uje na sleduyuщey nedele
Elektrobus nachnet perevozit passajirov uje na sleduyuщey nedele - Sputnik Oʻzbekiston
Belarusdan keltirilgan birinchi elektrobus Toshkent aholisiga bir haftadan buyon xizmat koʻrsatmoqda. “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Mohir Valiyev elektrobuslarning afzalliklari va kelajakdagi rejalari bilan oʻrtoqlashdi.

TOSHKENT. 24 sentyabr – Sputnik. Belarusdan keltirilgan birinchi elektrobus Toshkent aholisiga bir haftadan buyon sinov tariqasida xizmat koʻrsatmoqda. “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Mohir Valiyev elektrobuslarning afzalliklari va kelajakdagi rejalari bilan oʻrtoqlashdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Mohir Valiyev elektrobusning iqtisodiy jihatdan samaradorligi haqida toʻxtalib, dizel yoqilgʻi bilan solishtirilganda 5 baravardan, metan bilan – 3,5 baravardan ortiqni tashkil etishini qayd etdi. 

V Tashkente budet zapuщen pervыy avtobus, rabotayuщiy na elektrichestve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentga sinov tariqasida elektrobus olib kelindi

Shu oʻrinda, elektrobusning boshqa mavjud xarajatlari hali hisobga olinmagan, masalan, ulovning ehtiyot qismlar bilan taʼminlanishi kabilar.

“Bularning hammasi tahlil qilinmoqda va sinov muddati – 90 kun - tugaguniga qadar aniq belgilab koʻrsatiladi”, - deydi “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Mohir Valiyev.

Mohir Valiyevning fikricha, mazkur eksperiment boʻyicha yakuniy xulosa elektrobusning poytaxt iqlimiga hamda Toshkentda mavjud yoʻlovchilar oqimi kabilarga chidamlilik darajasi oʻrganilgandan keyingina berilishi mumkin.

“Toshshahartransportloyiha” va BMTning Global ekologik fondi bilan qoʻshma loyihasi asosida, jumladan, elektrobus sinovlari natijalari sinchiklab oʻrganilgach, 2020 yilda Toshkent shahri uchun 20 ga yaqin elektrobuslar xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Mazkur ulovning yoʻlovchilar sigʻimi poytaxt koʻchalarida harakatlanayotgan "Mersedes" rusumli avtobuslar sigʻimi bilan tengdir. Shu oʻrinda, loyiha rahbarining eʼtirofiga koʻra, elektrobuslarning xarid qilinishi, boshqa avtobuslarning xarid qilinishi toʻxtatiladi, degan gap emas. Zero, yaqin bir yil ichida qoʻshimcha faqat 20 dona avtobus cotib olinishi kutilmoqda.

Bir elektrobusning ekspluatatsiya qilinishi, loyiha hisob-kitoblariga qaraganda, katta sigʻimli avtobuslarda - 10 yilni, oʻrta sigʻimlilarida – 7 yilni tashkil etadi.

Elektrobus nachnet perevozit passajirov uje na sleduyuщey nedele - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Birinchi elektrobus Toshkent yoʻllariga chiqdi

Toshkentda, xalqaro tajribalarga asoslanib baho beriladigan boʻlsa, jamoat avtobuslari yetishmovchiligi kuzatiladi. Xususan, aytilishicha, butunjahon tajribasiga koʻra, 1000 kishiga 1 ta avtobus moʻljallangan. Demakki, Toshkent aholisi hisobga olinganda, hozirda poytaxtning oʻzida 3000 ta avtobus harakatlanishi zarur. Bugungi kunda esa, “Toshshahartrans” tasarrufidagi avtoparkdan poytaxt koʻchalariga kuniga 1000 dan ortiq avtobus yoʻlga chiqadi. Bular qatorida 150 ga yaqin xususiy avtobus, 1000 ga yaqin “Gazel” rusumli yoʻnalishli taksilar ham xizmat koʻrsatadi.

Mohir Valiyevning soʻzlariga qaraganda, poytaxt metrosining yangi yoʻl tarmoqlari qurilishi munosabati bilan avtobuslar harakatlanishi yoʻllari va ularning soni qayta koʻrib chiqilishi rejalashtirilmoqda. Maʼlum qilinishicha, hozirda Transport vazirligi bilan birgalikda poytaxt uchun avtobuslar harakatlanishi modeli ishlab chiqilmoqda. Undan kelib chiqib, marshrutlarni optimallashtirish rejalashtirilgan. Shu bilan, yaqin yillarda poytaxt koʻchalarida harakatlanayotgan avtobuslar soni taxminan 20-30% ga kamaytirilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, sentyabr boshida Toshkentga sinov tariqasida elektrobus keltirilgan edi va poytaxt aholisiga xizmat koʻrsatishni boshlab yuborgan edi. 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala