Belarus prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuborgan urug‘lardan qovun yetishtirdi

© Press-slujba prezidenta BelarusiLukashenko sobral urojay uzbekskix din na sobstvennix polyax
Lukashenko sobral urojay uzbekskix din na sobstvennix polyax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lukashenko issiqxonasida Shavkat Mirziyoyev yuborgan urug‘lardan qovun yetishtirildi. Bu Belorussiyada yetishtirilgan birinchi qovun hosili bo‘lsa ajab emas.

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Aleksandr Lukashenko yana bir ekzotik mahsulot yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Belarus prezidenti matbuot xizmati.

Qashqadaryoda papayya - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda qovun daraxti yetishtirilmoqda

Bu safar prezident teplitsasida qovun hosili olindi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu qovun urug‘ini Belarus prezidenti iltimosiga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuborilgan.

Aytish joizki, Belarus prezidenti qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor beradi. Uning o‘zi ham vaqt bo‘lganda tez-tez dalalarda ishlab turadi. Undan tashqari Aleksandr Lukashenko o‘zining shaxsiy nazorati ostida turli eksperimental mahsulotlar yetishtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Yaqinda Belarus prezidenti o‘z apparatida ishlaydigan xodimalari bilan yetishtirilgan tarvuzlarni yig‘ib olayotgan videosi ham internetda keng tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0