Ohangaronda qo‘ylarni urug‘lantirishda nou-xau yaratildi

© Sputnik / Yegor Yeremov / Mediabankka o‘tishStado oves.
Stado oves. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida qo‘ylarni muzlatilgan urug‘ yordamida sun’iy urug‘lantirish uslubi samarali ishga tushirildi.

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. O‘zbekiston ilm-fan tarixida ilk bor qo‘ylar muzlatilgan urug‘lar yordamida sun’iy urug‘lantirilmoqda, deb xabar qildi O‘zA.

Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish rejasini tasdiqladi

– O‘zbekiston ilm-fan tarixida ilk bor qo‘ylar Shimoliy Kavkaz naslli qo‘chqorlarining muzlatilgan urug‘lari yordamida sun’iy urug‘lantirilmoqda, – deydi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Ohangaron bo‘limi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Nuriddin Ro‘ziboyev. – Ushbu tajriba Ohangaron tumanidagi “Xolto‘rayev Oybek XM” fermer xo‘jaligida amalga oshirilmoqda. Rossiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda kelasi yildan boshlab o‘zimizning sharoitda naslli qo‘chqorlar urug‘ini olish, muzlatish va saqlashni yo‘lga qo‘yamiz.

Gendirektor Natsionalnogo soyuza proizvoditeley govadini Roman Kostuk - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga qanday chorvachilik modeli kerak  – ekspert fikri

Mutaxassislarning fikricha, chorva, xususan qo‘ylarni naslli qo‘chqorlar urug‘i bilan sun’iy urug‘lantirish qo‘ylarning genofondini yaxshilab, mahsuldorlikni oshiradi. Jumladan, qo‘ylarning vazni o‘rtacha 50-55 dan 60-65 gacha va hatto 80 kilogrammgacha, qo‘chqorlarning vazni esa 80-90 dan 120-130 kilogrammgacha yetishi mumkin. Shuningdek, jun olish bo‘yicha ham samaradorlik sezilarli ortadi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan asrning 80-yillarida respublikamizda 200 mingdan ziyod go‘shtdor-serjun qo‘ylar bo‘lib, ayni paytda ularning soni keskin kamaygan. Shuningdek, go‘shtdor-serjun qo‘ylarning mahsuldorligi ham pasaygan.

Ushbu sohani rivojlantirish maqsadida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Ohangaron bo‘limi Rossiyaning Butunrossiya qo‘ychilik va echkilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida, jahon genofondiga xos Shimoliy Kavkaz naslli qo‘chqorlarining muzlatilgan urug‘lari olib kelingan.

Yangiliklar lentasi
0