Otabek Murodov qamoqqa olindi

© Life24Otabek Murodov zaklyuchen pod straju
Otabek Murodov zaklyuchen pod straju - Sputnik Oʻzbekiston
Murodov bosh prokuror lavozimiga 2018 yilning yanvar oyida tayinlangan. U bunga qadar davlat rahbari davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan

TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. Oʻzbekistonning uchinchi Bosh prokurori ham qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda Jahon nashri.

Generalnыy prokuror Uzbekistana Otabek Murodov - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Otabek Murodov ishi DXX sobiq rahbari Abdullayev jinoiy ishi doirasida koʻrib chiqilmoqda

Internet nashrining ishonchli manbasi xabariga koʻra, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tavallud topgan, 44 yoshli sobiq Bosh prokuror Otabek Murodov bundan ikki kun avval, yaʼni 18 sentyabr kuni tunda qamoqqa olingan.

Otabek Murodovga nisbatan uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllangan boʻlib, Sud tomonidan uning ehtiyot chorasi oʻzgartirilgani va u qamoqqa olingani aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 21 iyun kuni Senatning 20-yalpi majlisida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilganini aytgan edi.

Murodov bosh prokuror lavozimiga 2018 yilning yanvar oyida tayinlangan. U bunga qadar davlat rahbari davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala