Dunyoda

Rossiyada sunʼiy goʻsht yaratildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishObrazets kultiviruyemogo myasa, vыraщennogo v laboratorii gennoy injenerii v Ochakovskom kombinate piщevыx ingrediyentov (OKPI) v Moskve.
Obrazets kultiviruyemogo myasa, vыraщennogo v laboratorii gennoy injenerii v Ochakovskom kombinate piщevыx ingrediyentov (OKPI) v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston
Tadqiqot ishlari 2 yil mobaynida olib borilgan. Sunʼiy goʻshtning ilk 40 grammini yetishtirish uchun 900 ming rubl (14 ming dollar) sarflangan.

TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. Rossiyalik olimlar laboratoriya sharoitida sunʼiy goʻsht yaratdi.

Tadqiqot ishlari 2 yil mobaynida olib borilgan. Sunʼiy goʻshtning ilk 40 grammini yetishtirish uchun 900 ming rubl (14 ming dollar) sarflangan.

Korovы cherno-pestroy porodы na plemennom zavode  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Goʻsht narxi nega oshdi – rossiyalik mutaxassislar javobi

Taʼkidlanishicha, agar ushbu mahsulotning huquqiy maqomi hal qilinsa, 2023 yilga kelib u Rossiya doʻkonlari peshtaxtalarida paydo boʻlishi mumkin.

Kombinat ekspertlarining fikriga koʻra, 5 yildan soʻng xaridorlar sunʼiy goʻshtning bir kilosini chakana narxda 800 rublga (12,5 dollar) sotib olishlari mumkin boʻladi.

Maʼlum qilinishicha, sunʼiy goʻsht inson uchun xavfsiz. U tabiiy goʻshtga nisbatan ikki baravar uzoqroq muddatda saqlanadi. Bunday goʻsht 2-3 kunlik sara zotli “Aberdin-Angus” buzoq mushak toʻqimalarining kichik qismidan olinadi.  Hujayralar hujayralarning oʻsishi va boʻlinishini taʼminlash uchun oziqlantiruvchi muhitga joylashtiriladi.

Goʻshtni yetishtirish jarayonida hal qiluvchi masala atrof-muhitning toʻgʻri tarkibini tanlashdir. U hujayra boʻlinishini qoʻllab-quvvatlashi, eng muhimi, mahsulotga real taʼm, rang va hid berishi kerak. Muhit aminokislotalar, vitaminlar, tuzlar, glyukoza, biriktirma va oʻsish omillaridan tashkil topgan geldan iboratdir.

Ivan Sauer - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Qoʻshnilarda yoʻq, tovuqlar esa yordam bermaydi: ekspert Oʻzbekistondagi goʻsht muammosi haqida

“Aynan muhit sunʼiy goʻsht yetishtirish jarayonida eng qimmat birikmalardan biri sanaladi. U hujayralarni yetishtirish narxiga taʼsir koʻrsatadi”, - deya “Ochakov oziq-ovqat birikmalari kombinati” direktori Aleksandr Savkov soʻzlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Rossiya Mol goʻshti ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi bosh direktori Roman Kostyuk Sputnik muxbiriga Oʻzbekistonga qanday chorvachilik modeli kerakligi xususida oʻz fikrlarini bayon qilgan edi. Uning taʼkidlanishicha, bugun Oʻzbekistonga professional semirtirish va soʻyish bazalari kerak. Oʻshanda kichik fermer xoʻjaliklari moʻʼtadil daromad bilan taʼminlangan boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala