Dunyoda

Semizlikka qarshi kurashuvchi mahsulot aniqlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishRojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke
Rojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke - Sputnik Oʻzbekiston
Tadqiqotchilar 20 yil davomida 300 mingga yaqin kishining sogʻligʻini kuzatishgan. Eksperiment ishtirokchilari olimlarga oʻzlarining vazni, taom ratsioni, alkogol isteʼmol qilishi va jismoniy faolligi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishgan.

TOSHKENT, 24 sen – Sputnik. Amerikalik olimlar har kuni koʻp boʻlmagan miqdorda yongʻoq isteʼmol qilish semizlik rivojlanishi xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari MedicalXpress saytida eʼlon qilingan.

Tadqiqotchilar 20 yil davomida 300 mingga yaqin kishining sogʻligʻini kuzatishgan. Eksperiment ishtirokchilari olimlarga oʻzlarining vazni, taom ratsioni, alkogol isteʼmol qilishi va jismoniy faolligi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishgan.

Devushka spit. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Uyquchilikdan xalos qiluvchi mahsulot maʼlum qilindi

Maʼlum boʻlishicha, sutkasiga muntazam ravishda 14 gramm yongʻoq isteʼmol qilganlarda semizlik kasaliga chalinish boshqalarga qaraganda 23 foizga kamaygan.

Shu bilan birga, yongʻoqning foydasini sezish uchun qayta ishlangan goʻsht, shokolad va turli qandolatchilik mahsulotlaridan voz kechish tavsiya etiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq yongʻoq isteʼmol qiluvchi kishilar boshqalarga nisbatan kamroq depressiya holatiga tushishlari aniqlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala