Semizlikka qarshi kurashuvchi mahsulot aniqlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke
Rojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadqiqotchilar 20-yil davomida 300 mingga yaqin kishining sog‘lig‘ini kuzatishgan. Eksperiment ishtirokchilari olimlarga o‘zlarining vazni, taom ratsioni, alkogol iste’mol qilishi va jismoniy faolligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishgan.

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Amerikalik olimlar har kuni ko‘p bo‘lmagan miqdorda yong‘oq iste’mol qilish semizlik rivojlanishi xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari MedicalXpress saytida e’lon qilingan.

Tadqiqotchilar 20-yil davomida 300 mingga yaqin kishining sog‘lig‘ini kuzatishgan. Eksperiment ishtirokchilari olimlarga o‘zlarining vazni, taom ratsioni, alkogol iste’mol qilishi va jismoniy faolligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishgan.

Devushka spit. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Uyquchilikdan xalos qiluvchi mahsulot ma’lum qilindi

Ma’lum bo‘lishicha, sutkasiga muntazam ravishda 14 gramm yong‘oq iste’mol qilganlarda semizlik kasaliga chalinish boshqalarga qaraganda 23 foizga kamaygan.

Shu bilan birga, yong‘oqning foydasini sezish uchun qayta ishlangan go‘sht, shokolad va turli qandolatchilik mahsulotlaridan voz kechish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yong‘oq iste’mol qiluvchi kishilar boshqalarga nisbatan kamroq depressiya holatiga tushishlari aniqlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0