Jamiyat

TIV Primorye oʻlkasiga bormoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Primorye oʻlkasida 2020 yildan patent asosida ishlaydigan chet elliklarga jamoat transportlarini haydash taqiqlanadi

TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. Oʻzbekiston TIV Rossiyaning Primorye oʻlkasi hududida boʻlib turgan yoki u yerga bormoqchi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

Oʻzbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra, 2020 yilda Primorye oʻlkasi hududida patent asosida ishlaydigan chet ellik ishchilardan transport sohasida foydalanishga taqiq qoʻyiladi.

Uchastniki vserossiyskoy aktsii boykota Yandeks.Taksi - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Primorye oʻlkasida migrantlarga jamoat transportlarini boshqarish rasman taqiqlandi

Tegishli №71-PG-son qaror Gubernator Oleg Kojemyako tomonidan 2019 yil 12 sentyabr kuni imzolandi.

Hujjatga koʻra, chet ellik fuqarolarning shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslar, tramvay, trolleybus va taksi haydovchisi sifatida ishlashlari taqiqlanadi. Sayyohlik va ekskursiya yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat yuritadigan ijaraga olingan avtobus haydovchilari bundan mustasno.

“Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Rossiya hududida boʻlib turgan va Primorye oʻlkasiga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarimizga yuqorida koʻrsatilgan taqiqlarni hisobga olishlarini soʻraydi”,  - deyiladi xabarda.

Haydovchi-migrantlar Rossiya qonunchiligida talabchanlik kuchayishiga tayyor boʻlishlari kerak

Avvalroq Primorye oʻlkasida migrantlarga jamoat transportlarini boshqarish rasman taqiqlanishi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala