Jamiyat

Oʻzbekistonda narxi 3000 $ boʻlgan elektromobil ishlab chiqarishmoqchi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishZaryadka akkumulyatorov elektromobilya.
Zaryadka akkumulyatorov elektromobilya. - Sputnik Oʻzbekiston
Narxi 3000 $, bir vaqtning oʻzida ham Mercedes ham TESLA avtomobilini oʻzida mujassamlashtirgan avtomobil boʻlishi mumkinmi? - Ha, faqat Oʻzbekistonda!  

TOSHKENT, 24 sen – Sputnik. Maʼlumki bir guruh rossiyalik avtoblogerlar yaqinda Oʻzbekistonda boʻlib qaytishdi. Tashrif davomida ular turli superavtombillarni test qilish bilan birga, bir kichik va arzon elektromobilni ham sinovdan oʻtkazishdi.

Ushbu avtomobilchani test-drayv qilish biz uchun Oʻzbekistondagi eng kutilmagan hodisa boʻldi. Ushbu apparatni Oʻzbekistonda ishlab chiqarib, 3000 dollar atrofida sotish rejalashtirilmoqda, - deb yozadi bloger Alan Yenileyev.

Avtomobil oʻzining tashqi koʻrinishi bilan bizni hayratga soldi.U Mercedes Benz avtomobiliga juda oʻxshash, hatto salonida ham. Undan tashqari biz ushbu avtomobilda kichik poyga ham uyushtirdik, deydi Yenileyev

Xabar soʻngida bloger - Siz 3000 dollarga qanday avtomobil sotib olgan boʻlardingiz ? Ushbu AMG-TESLAnimi yoki boshqa avtomobilni?, - deb oʻz muxlislariga savol bilan murojaat qilgan.

Javoblar orasida 3000 dollarga shu avtomobilni sotib olib tyuning qilgan boʻlardim, degan kishilar juda koʻp.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala