Arzonroq qiling: bozorlardagi narx-navo qanday

Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi xldimlari mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarini aylanib chiqishdi. Kuzatuvlarga ko‘ra, eng arzon mol go‘shtini “Nukus dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da xarid qilish mumkin.

TOShKENT, 26 sent - Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarini aylanib chiqib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini aniqlashdi.

Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 32 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha (kg)

Maso na rinke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda go‘sht qanchadan sotilmoqda? – Sputnik narxlarni o‘rgandi

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (32 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (55 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 35 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (35 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (60 000) so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 200 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (1 200 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (4 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 000 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)

Luk repchatiy. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda piyoz narxi nega birdan ko‘tarildi - qishloq xo‘jaligi vazirligi izohi

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Namangan shahrining “Namangan Chorsu dehqon universal bozori”, Urganch shahri “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (3 000 so‘m).

Sabzi 1 500 so‘mdan 5 500 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Farg‘ona shahri “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”da (1 500) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (5 500) so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 5 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da kuzatildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Trade at a city food pre-Easter fair held on Karl Marx Square in Novosibirsk. (File) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “rezina” tuxum paydo bo‘ldimi: Veterinariya qo‘mitasi tekshiruv o‘tkazdi

Guruch 5 700 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 700 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 500 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 l.)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (8 500) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (13 500) so‘mdan kuzatildi.

Proizvodstvo rastitelnogo masla  - Sputnik O‘zbekiston
Daryo-daryo yog‘: ekspert YeOIIga a’zolik O‘zbekistonga nima berishini aytdi

Shakar 5 000 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (6 500) so‘mdan kuzatildi.

Yangiliklar lentasi
0