Umurzakov: O‘zbekiston mintaqaviy transport yo‘laklari tarmog‘ini shakllantirishdan manfaatdor

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov
Ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri ta’kidiga ko‘ra, bu mamlakatga eksport-import operatsiyalarni amalga oshirishni tubdan soddalashtirishga, mamlakatning mavjud eksport salohiyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyati uchun mas’ul vazirlarning o‘n sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Eron ShHT davlatlariga iqtisodiy imtiyozlar berishga tayyor – Ruhoniy

Majlisda ishtirokchi davlatlar va kuzatuvchi davlatlar vazirlari, shuningdek Kotibiyat, Ishbilarmonlar kengashi, ShHT Banklararo birlashmasi Kengashi vakillari ishtirok etadi.

Majlisni olib borgan O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Respublika Shanxay Hamkorlik Tashkilotini barqaror rivojlanish, tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish, mintaqaviy va global miqyosda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun keng ko‘lamli masalalarni muhokama va hal qilish uchun nufuzli va ta’sirli maydon sifatida ko‘rishini ta’kidladi.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish ShHTning dasturiy maqsad va vazifalariga erishishning muhim shartlaridan biri bo‘lib qolmoqda, uning ahamiyati jahon iqtisodiyotida davom etayotgan tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida tobora kuchayib bormoqda.

"Biz rivojlangan mintaqaviy ahamiyatga ega transport yo‘laklari tarmog‘ini shakllantirishdan manfaatdormiz", - deb qayd etdi Umarzakov.

 O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri ta’kidiga ko‘ra, ushbu mexanizmlarning joriy etilishi mamlakatga eksport-import operatsiyalarni amalga oshirishni tubdan soddalashtirishga, mamlakatning mavjud eksport salohiyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhitni yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0