Jamiyatshunos: XXI asrda ko‘pxotinlilik aktual emas

Obuna bo‘lish
Jamiyatshunos, Oliy iqtisod maktabi dotsenti hamda Rossiya Federatsiyasi jamoatchilik palatasi ekspertlar guruhi a’zosi Olga Savinskaya Moskva muftiysi Ildar Alyautdinovning ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirish taklifi bo‘yicha fikr bildirdi

Rossiyada ko‘pxotinlilikni legallashtirish ayollar sonining erkaklarnikiga nisbatan ko‘pligi tufayli kelib chiqqan qator ijtimoiy muammolarni yechish imkonini berardi, deb ta’kidladi Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov.

Vistavka svadebnoy i vecherney modi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskva muftiysi Rossiyada ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishga chaqirdi

Jamiyatshunosning fikricha, sivilizatsiyalashgan davlatlar xalqaro konvensiyalar va qonunchilikni bajarish sari qadam qo‘yishmoqda. Shunday vaziyatda, Rossiyadagi ko‘pxotinlilik - bu aniq-ki, orqaga harakat, dedi Olga Savinskaya Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Ushbu tashabbus ayol va erkaklar teng huquqliligini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi konvensiyagagina emas, balki RF konstitutsiyasiga ham ziddir.

Zamonaviy jamiyatda er - og‘ir vaziyatda ko‘mak berishi lozim bo‘lgan yagona insonmas. Ijtimoiy davlatning turli funksiyalarini rivojlantirmoq kerak, shunda erkaklar ham, ayollar ham ko‘makni his etadilar.

Ekspert ko‘pxotinlilikni ortga qaytish, deb hisoblaydi. Boshqa ijtimoiy institutlarga ham e’tibor qaratish va nega odamlar ish topa olmayotgani yoki qo‘llab-quvvatlovning boshqa turini ololmayotganliklarini aniqlashtirish lozim. XXI asrda ko‘pxotinlilik to‘g‘risida gapirish - aktual emas.

Yangiliklar lentasi
0