Jamiyat

Oʻzbekistonning Peterburgdagi Bosh konsuli ogʻir ish kunlari va OAVdagi "feyk"lar borasida

© SputnikOʻzbekistonning Peterburgdagi Bosh konsuli vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Zafar Abdurahmonov
Oʻzbekistonning Peterburgdagi Bosh konsuli vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Zafar Abdurahmonov  - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Shimoliy poytaxtida Oʻzbekistonning Mustaqillik kuniga bagʻishlangan tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. Diplomatik vakolatxona rahbari vazifasini bajaruvchi Zafar Abdurahmonov shunday tantanali kunda ham oʻz xizmat vazifalarini yodidan chiqarmaydi.

TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. Tavrida saroyida oʻtkazilgan marosim davomida Bosh konsul vazifasini bajaruvchi Zafar Abdurahmonov, tadbirga muhtaram mehmon sifatida taklif etilgan Sputnik muxbirlariga bir necha daqiqa vaqt ajratdi va suhbat chogʻida, muassasa ish faoliyati va uning xodimlari qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganliklari bilan oʻrtoqlashdi.

Bosh vazifamiz -  Sankt-Peterburgda yashayotgan, bu yerga vaqtincha kelgan vatandoshlarimizga yordam koʻrsatish. Birortasi murakkab vaziyatlarga duch kelib qolishi mumkin, va bizning ishimiz – bunday kishiga muammosini qonuniy yoʻl bilan hal qilishi yoʻlida yordam berish, oʻz vaqtida tegishli maslahat ishlarini olib borishdan iborat. Konsulxonamizda kam odam ishlaydi, murojaatlar esa birtalay. Qabulni har kuni olib boramiz, toki soʻnggi murojaat qiluvchi shaxs qolguniga qadar”, - deya qayd etdi diplomat.

Faoliyatidagi murakkabliklar haqida gapirar ekan, u Peterburgda oʻzbekistonliklar ishtirokidagi noxush hodisalar  borasida OAVda koʻplab yangiliklar vujudga kelayotgani va ular oxir-oqibat feyk (uydirma) boʻlib chiqayotgani haqida, shikoyat qilgandek mulohaza qildi. Jurnalistlar maʼlumotni mumkin qadar sinchkovlik bilan tekshirishlari kerak, chunki ularning ketlaridan Bosh konsullik xodimlari bu ishni amalga oshirishga majbur boʻlib qolyapti.

© SputnikOʻzbekistonning Mustaqillik kuni munosabati bilan qabul marosimi
Oʻzbekistonning Mustaqillik kuni munosabati bilan qabul marosimi - Sputnik Oʻzbekiston
1/6
Oʻzbekistonning Mustaqillik kuni munosabati bilan qabul marosimi
© SputnikQoʻshiqchi Rustam Boʻriboyev
Qoʻshiqchi Rustam Boʻriboyev  - Sputnik Oʻzbekiston
2/6
Qoʻshiqchi Rustam Boʻriboyev
© SputnikSputnik muxbiri Dmitriy Matveyev Zafar Abdurahmonov bilan
Sputnik muxbiri Dmitriy Matveyev Zafar Abdurahmonov bilan - Sputnik Oʻzbekiston
3/6
Sputnik muxbiri Dmitriy Matveyev Zafar Abdurahmonov bilan
© SputnikTadbir soʻngida bayram oshi tortildi
Tadbir soʻngida bayram oshi tortildi
 - Sputnik Oʻzbekiston
4/6
Tadbir soʻngida bayram oshi tortildi
© Sputnik"AeroTur" turistik kompaniyasining boʻlim boshligʻi oʻrinbosari ("Uzbekistan airways" bosh agenti) Andrey Tarasenkov
Tadbir mehmoni - AeroTur turistik kompaniyasining boʻlim boshligʻi oʻrinbosari (Uzbekistan airways bosh agenti)  Andrey Tarasenkov  - Sputnik Oʻzbekiston
5/6
"AeroTur" turistik kompaniyasining boʻlim boshligʻi oʻrinbosari ("Uzbekistan airways" bosh agenti) Andrey Tarasenkov
© Sputnikmodelyer Lola Jalolova
modelyer Lola Jalolova - Sputnik Oʻzbekiston
6/6
modelyer Lola Jalolova
1/6
Oʻzbekistonning Mustaqillik kuni munosabati bilan qabul marosimi
2/6
Qoʻshiqchi Rustam Boʻriboyev
3/6
Sputnik muxbiri Dmitriy Matveyev Zafar Abdurahmonov bilan
4/6
Tadbir soʻngida bayram oshi tortildi
5/6
"AeroTur" turistik kompaniyasining boʻlim boshligʻi oʻrinbosari ("Uzbekistan airways" bosh agenti) Andrey Tarasenkov
6/6
modelyer Lola Jalolova

Oʻzbekistonning Mustaqillik kuniga bagʻishlangan tantanali marosim Peterburgda 25 sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. Bayram munosib ravishda keng nishonlandi. Tadbir dasturida “Lola Jalolova” modalar uyidan liboslar namoyishi, qoʻshiqchi Rustam Boʻriboyev va “Quyoshcha” bolalar ansambli chiqishlari, furshet kabilar oʻrin topdi. Va tabiiyki, marosim yakunida barcha ishtirokchilar lazzatli palov bilan mehmon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala