Energetika vazirligi sohaga Yevropadan top-menejerlarni jalb qiladi

© MinenergoMinenergo privlechet top-menedjerov iz YeS dlya upravleniya otraslyu
Minenergo privlechet top-menedjerov iz YeS dlya upravleniya otraslyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rahbarlik lavozimlariga yuqori malakali va keng tajribaga ega yevropalik ekspertlarni jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

TOShKENT, 27 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov Brussel shahrida Evropa Ittifoqining o‘zaro bog‘liqlik masalalari bo‘yicha elchisi Romana Vlaxutin bilan bu borada muzokaralar o‘tkazdi, xabar qiladi Energetika vazirligi Axborot xizmati

Vazirlik sohada kadrlarni tayyorlash va tarmoqdagi korxonalarning boshqaruv o‘rinlarini yevropalik yetakchi mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida Yevropa Ittifoqi tomonidan grant mablag‘larini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Tomonlar YeIning moliyaviy grantlar yordami bo‘yicha loyiha takliflari to‘plamini shakllantirdilar. Qolaversa,  O‘zbekistonning energetika sohasi kadrlar salohiyatini mustahkamlashda ham yevropalik hamkorlarning yaqindan ko‘mak ko‘rsatishi nazarda tutilmoqda. 

Vetrovie elektrostansii v poselke Mirniy v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Zamonaviy energiya: O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalar quriladi

Shu jumladan, istiqbolli yo‘nalishlar va takliflarni ishlab chiqish maqsadida qo‘shma ishchi guruhni tuzish, xususan, Energetika vazirligi korxonalariga maslahatchilar sifatida, shuningdek, rahbarlik lavozimlariga o‘tish davridagi energetika sohasini isloh qilish borasida tajribaga ega yevropalik ekspertlarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Hozirda O‘zbekiston energotizimida umumiy quvvati 12,4 GVt.dan ziyod bo‘lgan 48 ta elektr stansiya, shu qatorda, umumiy quvvati 10,6 GVt.dan tarkib topgan 10 ta issiqlik elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda. Elektrik energiyaning qolgan qismi, “O‘zbekgidroenergo” tuzulmasiga kiruvchi GESlar hamda sanoat korxonalarining avtonom issiqlik elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqiladi. Respublikada elektr energiyani ishlab chiqishda mavjud bo‘lgan salohiyat – 60 mlrd. kilovatt-soatni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0