O‘zbekiston va Koreya sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik qiladi

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka o‘tishSnimki, poluchennie s pomoshyu portativnogo rentgena
Snimki, poluchennie s pomoshyu portativnogo rentgena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi forum doirasida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sog‘liqni saqlash bo‘yicha harakatlar rejasi imzolandi.

TOShKENT, 27 sen - Sputnik. Toshkentda sog‘liqni saqlash sohasidagi yirik tadbir – XII xalqaro ixtisoslashgan “UzMedExpo-2019” tibbiyot ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida elektron sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi.

Bolnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Kam uchraydigan va irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bemorlar registri tashkil etiladi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, tadbir doirasida O‘zbekiston va Koreya Respublikalarida elektron sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosat haqida fikr almashildi. Jumladan, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va uning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, raqamlashtirish respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida joriy etilmoqda. Bu orqali tibbiyot muassasasida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Forum doirasida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sog‘liqni saqlash bo‘yicha harakatlar rejasi imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0