Jamiyat

Bodikameralar haqida nimalarni bilish zarur?

© MVD UzbekistanaV Uzbekistane vыbrali postavщika bodikamer iz SSHA
V Uzbekistane vыbrali postavщika bodikamer iz SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Xodimning voqea yozilish jarayoniga aralashish, uni tahrir qilish va oʻchirish imkoniyati yoʻq: kamera, xodim uni qabul qilish vaqtidan boshlab, qaytarib topshirgunga qadar videoga olib boradi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkent shahar IIBB fuqarolar bodikameralar haqida nimalarni bilishligi zarurligi borasida maʼlumot berdi.

Bodikamera audio- va videokontentni (FullHD formatida) yozish va markazlashmagan tarzda saqlash, keyinchalik koʻrib chiqish, favqulodda vaziyatlarda markazlashgan dispetcherlik xizmatiga “xavotir” signalini yetkazish, real vaqt rejimida mobil guruhlarning joylashuvlari va faoliyatlarinin masofadan turib monitoring qilish imkoniyatini beruvchi moslamadir.

Bodikamera  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIV bodikameralar joriy etishni kechiktirmoqchi – odamlar qarshi

Bodikamera moslamasi infraqizil yoritish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlib, ushbu qurilma tungi vaqtda ham oʻn metrlik masofani yoritib, videoga olib borish imkoniyatini beradi.

Xodimning voqea yozilish jarayoniga aralashish, uni tahrir qilish va oʻchirish imkoniyati yoʻq: kamera, xodim uni qabul qilish vaqtidan boshlab, qaytarib topshirgunga qadar videoga olib boradi. Moslama korpusi ochilmasligi uchun maxsus himoya bilan jihozlangan.

Shuningdek, moslama radioaloqani oʻrnini bosadi.

Yozib olingan maʼlumotlar qayerda saqlanadi?

Yozuvlar natijasi maxsus serverda bir oy davomida saqlanadi. Bodikameralarni ishlatish uchun zarur boʻlgan axborot tizimida monitoring markazini tashkillashtirish ham koʻzda tutilgan. Aynan oʻsha yerda bodikameralar tomonidan qayd etilgan maʼlumotlar saqlanadi va koʻrib chiqiladi. Moslamaning xotira kartasidagi maʼlumot serverga maxsus dastur yordamida koʻchiriladi. Markaz operatorida moslamaga masofadan turib bogʻlanish va nazorat qilish imkoniyati mavjud.       

Monitoring markazidagi maxsus elektron kartada har bir xodimning ayni vaqtda joylashgan manzili, hamda ushbu manzilning patrullash yoʻnalishiga muvofiqligi aks etadi.

Bundan tashqari, shu yerda favqulodda vaziyatlar holatlarida harakatlar koordinatsiyasi amalga oshiriladi: monitoring markaziga avtomatik tarzda geo-, audio- va videomaʼlumotlar yopiq (himoyalangan) aloqa kanallari orqali yetkazilib turiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq poytaxt IIBBning 50 nafar xodimlari xizmatga test tartibida bodikameralar bilan ishlay boshlashgani xabar qilingan edi. 2020 yilning 1 yanvardan barcha xodimlar bodikamera taqib yurishlari shart boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala